Futbol hakami unga musht tushirgan futbolchini hibsga olmoqchi bo‘ldi
Braziliyaning futbol bo‘yicha havaskorlik ligasidagi o‘yinlardan birida noodatiy hodisa yuz berdi.
Gap shundaki, asosiy kasbi politsiyachi bo‘lgan uchrashuv hakami Kamilu Eustakyu de Souza uchrashuv ishtirokchilarida ham qo‘rquv, ham taajjub uyg‘otgan. Uchrashuvdagi vaziyatlardan birida penalti belgilangandan norozi bo‘lgan futbolchilardan biri unga musht tushirgan. Shunda hakam o‘rindiqqa borib, u yerdagi sumkasidan to‘pponcha va kishanlarni olib musht tushirgan futbolchini quvlay ketgan.
Biroq u politsiya anjomlaridan foydalana olmagan, chunki futbolchi to‘pponchani ko‘rgach, maydondan qochib ketgan. Hakamni esa yordamchilari to‘xtatib qolishgan.
Endi hakam diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Hakamning o‘zi barchasini to‘g‘ri qilganini va zo‘ravon futbolchini hibsga olish kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
15:10 / 21.09.2024
Braziliyada X ijtimoiy tarmog‘i deyarli 1 mln dollar jarimaga tortildi
13:10 / 21.09.2024
X ijtimoiy tarmog‘i Braziliyadagi yuridik vakilini tayinladi
20:51 / 14.09.2024