Jamiyat | 18:37 / 30.06.2017
7384
1 daqiqa o‘qiladi
Yovvoyi fil marafonchini ta'qib qildi (video)
Zimbabvedagi Viktoriya sharsharasi Marafoni ishtirokchisini yovvoyi fil ta'qib qildi. Bu haqda UPI xabar bermoqda.
Hayvon marafonchilar chopib ketayotgan yo‘lga chiqib ketib, na'ra tortgan va sportchilarning biriga qarab harakatlangan. Qo‘rqib ketgan erkak tezroq yugurishni boshladi, keyin esa yiqilib tushdi. Filda unga qiziqish shu zahotiyoq so‘ndi, u ortiga qayrilib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi butazorga kirib ketdi. Sportchi esa vaqtni yo‘qotmay, o‘rnidan turdi va yugurishda davom etgan.
Joriy yilda Viktoriya sharsharasi Marafoni 10-marotaba o‘tkazildi. Unda jahonning turli davlatlaridan kelgan taxminan 2,5 ming sportchi qatnashdi.
Mavzuga oid
21:03 / 27.09.2024
Botsvana ocharchilik tufayli 20 ming filni o‘ldirmoqchi
20:55 / 14.09.2024
Zimbabve qurg‘oqchilik tufayli 200 ta filni o‘ldiradi
17:13 / 22.08.2024
40 yillik tutqunlikda - Janubiy Afrika hayvonot bog‘idagi so‘nggi fil ozod etildi
23:49 / 10.08.2024