Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanaliga rahbar bo‘ldi
Bugun, 30 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.
Qurultoyda chiqish qilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Kamolot» YoIH tugatilganini, uning o‘rnida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat tashkiloti tuzilgani haqida ma'lum qildi.
Qurultoyda ishtirok etayotgan manbalarning ma'lum qilishicha, prezident yangi yoshlar tashkilotiga ko‘plab vakolatlar taqdim etgan. Jumladan, «Yoshlar» telekanali aksiyalarining 50 foizi yangi tashkilotga o‘tgan.
Prezident ushbu telekanalni yoshlar hayotini yoritishda sustkashligi uchun tanqid qilgan. U O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni o‘zining media sohasi bo‘yicha vakili hamda telekanal rahbari etib tayinlagan.
Mavzuga oid
18:18 / 31.10.2024
Ozodbek Nazarbekov va Hilola Umarova vazirlikdan ketib, deputat bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
15:30 / 01.09.2024
O‘qituvchilarning ming dollarlik maosh orzusi va “asfaltdan muhimroq” festivallar - hafta dayjesti
13:27 / 29.08.2024
«Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq» - Ozodbek Nazarbekov
22:22 / 16.08.2024