Fotomaqola: Andijonda qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi
1 iyul kuni Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadioni yakkakurash ishqibozlari bilan gavjum bo‘ldi. Ushbu sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha chempionlar ligasi xalqaro turniri o‘tkazildi. Musobaqada o‘zbekistonlik jangchilar Rossiya, Belarus va Tojikiston davlatlaridan kelgan sportchilarga qarshi ringga ko‘tarilishdi.
Xalqaro turnirga tashrif buyurgan qo‘l jangi ustalari orasida jahon, Yevropa chempionatlari g‘olib va sovrindorlarining borligi ishqibozlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada sportchilar olti vazn toifasida bahslashdi.
Janglar televideniye orqali jonli tarzda efirga uzatib borildi. Bahslar oldidan taniqli san'atkorlar tomonidan badiiy dastur namoyish etildi.
Uch raunddan iborat janglarda, xalqaro turnirlar g‘olibi, farg‘onalik G‘iyosiddin Jamoliddinov (60 kg) Tojikiston chempioni Amirxon Otaxonovga, andijonlik taniqli polvon Sardor Sodiqov (65 kg) Yevropa chempioni belarusik Igor Chemyakinga, O‘zbekiston chempioni, qashqadaryolik Begzod Nurmatov (85 kg) Yevropa chempioni, jahon chempionati finalchisi, rossiyalik Aleksey Volkovga, jahon chempionati finalchisi Ilyos Raimov (+90 kg) jahon chempionati sovrindori rossiyalik Aleksandr Soldatkinga qarshi jang qildi.
Besh raunddan iborat janglarda jahon chempioni, toshkentlik Muhiddin Mamajonov (70 kg) Rossiya kubogi sohibi kaliningradlik Aleksey Ilenkoga qarshi, jahon chempioni, buxorolik Jahongir Jumayev (75 kg) jahon chempionati sovrindori, belaruslik Dmitriy Rodakka qarshi jang qildi. Murosasiz o‘tgan janglarda o‘zbekistonlik sportchilaridan to‘rt nafari g‘alaba qozonib, ikki nafari mag‘lubiyatga uchradi.
Quyida ushbu sport bayramidan olingan fotosuratlar havola etilgan.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.
Muallif olgan fotosuratlar
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024