Sport | 18:40 / 02.07.2017
12393
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston vakillari sambo bo‘yicha Osiyo chempionatida yetakchilik qilmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Sambo bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyat bilan ishtirok etishmoqda.
Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 1 iyul kuni bu ikki terma jamoa vakillari (ayollar va erkaklar jamoalari ishtirokida) 6tadan oltin medal olgan. Birinchi kungi musobaqalarda mezbonlar 9ta, qozog‘istonliklar 7ta oltin medal olishgandi.
Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston (3ta oltin medal), Mo‘g‘uliston (3ta oltin medal), Tojikiston (2ta oltin medal) va Qirg‘iziston joylashgan.
Sambo bo‘yicha Osiyo chempionati Toshkent shahrida 30 iyun kuni boshlangandi, musobaqalarga bugun, 2 iyul kuni yakun yasaladi.
Mavzuga oid
09:32 / 24.08.2023
Sambo bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston 18 ta medalni qo‘lga kiritdi
17:23 / 13.08.2023
«Zakovat» o‘yini bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati birinchi kun natijalari
19:17 / 13.06.2023
Shamsiddin Vohidov shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
14:54 / 01.05.2023