Italiyada traktor orqali Putinning ulkan surati hosil qilindi
Italiyalik fermer Dario Gambarin Verona yaqinidagi dalasida traktor yordamida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ulkan suratini yaratdi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali. Bu antiqa suratning eni 150 metrni tashkil qiladi va shu sababli uni ma'lum balandlikdangina ko‘ra olish mumkin.
Surat muallifi o‘z asarini Gamburgda o‘tadigan "Katta yigirmatalik" sammitiga atab yaratdi. Ma'lum qilinishicha, sammit vaqtida Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yilgi AQShdagi prezident saylovlarida Gambarin Tramp va Xillari Klintonning shunday suratlarini yaratgandi. Uning bunday asarlari orasida Rim papasi Frantsisk surati ham bor.
Rassomning aytishicha, u ulkan suratlarni dastlabki hisob-kitoblarsiz, faqatgina o‘tkir ko‘zlari va traktorni boshqarish uquviga ishonibgina yaratadi. Biroq fermer asarlari umri qisqagina. Bu esa Putin surati bir necha kundan keyin haydalib tashlanishini anglatadi.
Mavzuga oid
23:02 / 25.09.2024
Putin: «Bizga oddiy qurol bilan hujum ham yadro zarbasiga asos bo‘ladi»
19:43 / 25.09.2024
Rossiyalik mulozimlar va The Washington Post tahlilchilari Kremlning yadroviy tahdidlari «endi hech kimni qo‘rqitmaydi» deyishmoqda
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
10:50 / 21.09.2024