Jahon | 19:40 / 06.07.2017
9376
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Germaniyaga yetib keldi

Amerika prezidenti Donald Tramp Germaniya yetib keldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

U Hamburg shahrida o‘tkaziladigan G20 sammitida ishtirok etadi.

Bugun Tramp Polshada bo‘lib, mamlakat prezidenti Anjyey Duda bilan uchrashgandi.

U sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson bo‘lajak uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlari o‘zaro fikr almashishini aytib o‘tgan.

«Jahannamga xush kelibsiz»: Hamburg G20 sammiti arafasida

Mavzuga oid