Putin haqiqiy Tramp bilan uchrashuvidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan o‘zaro shaxsiy munosabatlari yo‘lga qo‘yilganiga ishonchi komil ekanligini aytib, «televizordagi Tramp» haqiqiysidan mutlaqo farqlanishini ta'kidlagan. RIA Novostining xabar berishicha, prezident bu haqda 8 iyul kuni Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tgan G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
«O‘zaro shaxsiy munosabatlarimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, menimcha, u o‘rtamizda o‘rnatilib bo‘lindi. Bilmadim, bu qanday yangraydi, lekin qanday ko‘ringan bo‘lsa, shunday bayon qilaman: Trampning televizordagisi haqiqiysidan juda keskin farqlanar ekan», — deya Putinning so‘zlarini keltirmoqda TASS.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti «hamsuhbatini mutlaqo, mutlaqo adekvat qabul qiladi, quyilgan savollarni yoki muloqot davomida paydo bo‘ladigan qandaydir yangi elementlarni yetarli darajada tez tahlil qilib, ularga javob qaytaradi».
«Menimcha, munosabatlarimizni kecha bo‘lib o‘tgan suhbatimiz borgani kabi qura olsak, biz istagan o‘zaro hamkorlik darajasini qisman bo‘lsa-da tiklay olamiz, deb hisoblashimiz uchun barcha asoslar yetarli», — degan Putin.
Putin va Trampning o‘zaro uchrashuvi G20 maydonlarida bo‘lib o‘tdi va ikki soatdan uzoqroq vaqtga cho‘zilgan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan kiberxavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, Suriya va Ukraina masalalarini muhokama qilgan.
O‘z navbatida, Donald Tramp ham Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini ajoyib, deya ta'riflagandi.
Mavzuga oid
19:15
Kim Chen In Rossiyadagi KXDR qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilish uchun yuqori martabali generalini yubordi
18:24
Birinchi zarbada Bryanskkacha: Ukraina ilk marta ATACMS ballistik raketasi bilan Rossiya hududiga zarba yo‘lladi
13:30
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:52