Jahon | 19:05 / 11.07.2017
27866
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp «katta g‘alaba» haqida yozdi, u al-Bag‘dodiyning o‘limini nazarda tutgan bo‘lishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida yozdiki, ayni vaqtda IShID ustidan «katta g‘alaba»ga erishildi.

«IShID ustidan katta g‘alaba!» — deya yozgan u. Shu bilan birgalikda, amerikaliklar prezidenti aynan qanday g‘alabani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan.

4 iyul kuni «Suriya demokratik kuchlari» AQSh boshchiligidagi koalitsiya yordamida IShIDning Suriyadagi tayanchi bo‘lmish Raqqaga kirgani haqida ma'lum bo‘lgandi.

10 iyul kuni esa Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Mo‘sul IShID jangarilaridan butkul ozod etilganini e'lon qildi.

11 iyul kuni OAVda IShID jangarilari tashkilot rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limini tasdiqlashgani haqida xabar tarqaldi.

Ko‘p o‘tmasdan Suriya inson huquqlari observatoriyasi IShID rahbari halok bo‘lganini tasdiqlovchi ma'lumotga egaligini ma'lum qildi.

Qayd etish kerakki, keyingi yillarda bir necha marta nashrlar al-Bag‘dodiyning qattiq yaralangani yoki vafot etgani haqida xabarlar bergan, ammo bu xabarlarning hech qaysisi tasdig‘ini topmagan.

Al-Bag‘dodiyning o‘limi tasdiqlansa, IShIDga Saddam Husayn davridagi zobit rahbarlik qilishi mumkin

O‘tgan oy oxirida Eron televideniyesi al-Bag‘dodiy halok bo‘lganini tasdiqlovchi suratlarni tarqatgandi.

 

Mavzuga oid