Muhojirlar uchun eng qulay sharoitlarga ega davlatlar ma'lum qilindi
Muhojirlarning istiqomat qilishi uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxati e'lon qilindi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Shvetsiya birinchi o‘rinni egallab, Kanada hamda Shveytsariyani ortda qoldirdi.
Muhojirlar masalasi so‘nggi paytlarda katta mojarolarga sabab bo‘lgan AQSh esa 2017 yilda yettinchi o‘ringa loyiq topildi. Qo‘shma Shtatlar yuqori pozitsiyalarni Avstraliya, Germaniya va Norvegiyaga boy berdi. O‘tgan yili AQSh ushbu ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.
Reyting U.S. News saytida e'lon qilindi, tadqiqotda esa butun dunyo bo‘ylab taxminan 21 ming kishi ishtirok etdi.
Respondentlar “iqtisodiy barqarorlik”, "yaxshi mehnat bozori", "adolatli daromad" va "men yashashni istagan joy" kabi mezonlar bo‘yicha davlatlar nomini aytishgan. Shuningdek, mutaxassislar mamlakat aholisidagi muhojirlar foizi, pul mablag‘lariga ega muhojirlar soni va ushbu mavzu bo‘yicha statistik ma'lumotlarni hisobga olishdi.
Tadqiqot Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining iyun oyi hisobotiga bag‘ishlandi.
Mavzuga oid
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
08:00 / 16.10.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Stokholm shahriga keldi
22:05 / 05.10.2024