Yashnobodda “ushlash” tezkor rejasi: jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi shaxslar qo‘lga olindi
2017 yilning 13 iyul kuni taxminan soat 15:40larda Yashnobod tumani hududida e'lon qilingan “ushlash” tezkor rejasi asosida, Toshkent shahar IIBB PPX va YPXB xodimlari tomonidan, “Damas” rusumli avtomashinasi ushlanib, uning ichidan Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududida fuqaro Alimjon Xalilovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) nisbatan talonchilik jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinuvchi Andrey Bekdyarov va Vasiliy Mazovlar qo‘lga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024
Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
09:00 / 09.09.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan shaxs ushlandi
15:43 / 03.08.2024