Sport | 20:05 / 16.07.2017
11620
2 daqiqa o‘qiladi

Federer «Uimbldon»da g‘olib chiqib, rekord o‘rnatdi

Foto: Uimbldon

Rojyer Federer (3), «Uimbldon» turniri finalida Marin Chilichga (7) qarshi kortga chiqib, 1 soatu 41 daqiqa davom etgan bahsda 6:3, 6:1, 6:4 hisoblarida g‘alaba qozondi. Bu shveysariyalik ushbu tennischining «Uimbldon»dagi sakkizinchi g‘alabasi, «Katta dubulg‘a» turkumida 19-sovrini (rekord) bo‘ldi.

Keyingi oyda 36 yoshga to‘ladigan Federer «Uimbldon»da keyingi 5 yil ichida ilk marta g‘olib bo‘lmoqda, u sakkiz yildan buyon ilk marta «Katta dubulg‘a» turkumida bir mavsumda bir martadan ortiq g‘olib chiqmoqda (u yil boshida Australian Open g‘olibiga aylangandi).

Federer Angliyadagi kortlarda chempion bo‘lish bo‘yicha Pit Samprasdan o‘tib ketdi (7 marta), endi u bu borada faqat Martina Navratilovadan ortda qolmoqda (9).

Federer bungacha 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009 va 2012 yillarda Uimbldonda g‘olib bo‘lgandi.

London (Buyuk Britaniya)
Wimbledon
Mukofot jamg‘armasi 31 600 000 funtov
Ochiq kortlar, maysali
Erkaklar
Yakkalik bahs
Final
Federer (Shveytsariya, 3) – Chilich (Xorvatiya, 7) – 6:3, 6:1, 6:4

Mavzuga oid