Samarqandda YPX xodimlariga Honda mototsikllari topshirildi
So‘nggi yillarda Samarqand shahrida avtotransport vositalari ancha ko‘paygani sabab ba'zi ko‘chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida maxsus operatsiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishiga ma'lum qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, deb yozadi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Ushbu muammolarni inobatga olgan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Samarqand shahri yo‘l-patrul xizmati xodimlariga Yaponiyada ishlab chiqarilgan va maxsus jihozlangan mototsikllarni taqdim etdi.
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Fayzulla Quvondiqov boshchiligida bo‘lib o‘tgan namoyish seminari ishtirokchilari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga topshirilgan mototsikllarning texnik imkoniyatlari bilan tanishib chiqdi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024