O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta'sis etildi
Prezidentning 14 iyuldagi qarori bilan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta'sis etildi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berildi.
«Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan mamlakatning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi fuqarolar, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarni jamiyat oldida mas'uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatda hurmat qozongan onalar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni 3 darajaga ega bo‘lib, quyidagilar taqdirlanadi:
I darajali – kamida 35 yillik mehnat stajiga ega shaxslar (bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti – 4 EKIH);
II darajali – kamida 30 yillik mehnat stajiga ega shaxslar (bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti – 3 EKIH);
III darajali – kamida 25 yillik mehnat stajiga ega shaxslar, shuningdek, jamiyatda hurmat qozongan ishlamaydigan onalar.
I darajali ko‘krak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir darajadagi ko‘krak nishoni takroran berilmaydi.
Taqdirlash «Nuroniy» jamg‘armasining Vasiylik kengashi qarori asosida amalga oshiriladi. U «Navro‘z» bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Taqdirlanganlar tibbiy xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar. Nishon bilan bir qatorda guvohnoma ham beriladi. Taqdirlanganlar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga mis qotishmasidan tayyorlangan belgi o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024