Samarqandda yoshlar tashkiloti «SamAvto» zavodi ishchilari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand shahar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi»ni amalga oshirish maqsadida «SamAvto» korxonasining 500 nafarga yaqin xodimi ishtirokida yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini tushuntirish, uni korxona yoshlari o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tadbir o‘tkazildi.
«Ushbu tadbirda shu yilning 30 iyun kuni poytaxt Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida davlat rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirib o‘tilgan yoshlar faoliyatiga oid talab va takliflar, yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rliklar, ularning oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida tushuntirish berdik, zavod yoshlarining fikr va mulohazalarini eshitdik», — dedi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand shahar kengashi raisi Rustam Sultonov Kun.uz muxbiriga.
Tadbir mobaynida, shuningdek, O‘zbekistonda uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini shakllantirish masalalari to‘g‘risida ma'lumotlar o‘qib eshittirildi. Tadbir savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024