Ukrainaning birinchi prezidenti Donbass ustidan nazorat nega yo‘qotilganini aytdi
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchukning ma'lum qilishicha, Kiyev Qrim va Donbass ustidan nazoratni muxolifat bilan kelisha olmagani tufayli yo‘qotgan. U bu haqda «Korrespondent.net» nashriga ma'lum qildi.
Kravchukning ta'kidlashicha, u ikkinchi Maydon vaqtida muzokaralar stoli moderatori bo‘lgan.
«Ulardan birida men deyarli barcha manfaatdor shaxslarni suhbatga chaqirishning uddasidan chiqdim. Biroq ochiq muloqot amalga oshmadi, sababi hammasi o‘zaro ayblovlar bilan yakun topdi. Qandaydir muzokaralar liniyasini aniqlash bo‘yicha harakatlar muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi», - dedi Kravchuk.
Uning fikricha, agarda kelishishning uddasidan chiqilganda, Donbassdagi mojaro va Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini chetlab o‘tish mumkin bo‘lardi.
Mavzuga oid
20:07 / 22.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini nega o‘zgartirganini tushuntirdi
18:42 / 22.09.2024
Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida qatnashmaydi
18:17 / 22.09.2024
Frontdagi vaziyat: Kursk oblastida tomonlar navbatma navbat qarshi hujumga o‘tmoqda
15:24 / 22.09.2024