Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safari vaqtida bir qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi.
To‘ytepa shahrida joylashgan Toshkent viloyati hokimligi binosida Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tumanlarda kommunal sohalardagi muammolar to‘planib qolganiga e'tibor qaratdi.
«Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, Angren va Ohangaron hokimlari Ibrohim Rahmonov va Rustam Ubaydullayev lavozimini tark etdi.
Markaziy bankning Toshkent viloyati bosh boshqarmasi rahbari Baxtiyor Otamurodov va viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi rahbari Botir Ahmedov ham ishdan ketgan.
Shuningdek, prezident davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi viloyat bo‘limi rahbarini, O‘rta Chirchiq va Pskent tumanlarida prokurorlar va IIB boshliqlarini lavozimdan ozod etgan.
Amaldorlar beparvoligi, mas'uliyatsizligi va ishga sovuqqonlik bilan qarashi sabab ishdan bo‘shatildi.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024