Poroshenko va Lukashenkoning uchrashuvi paytida Ukraina davlat chegara xizmati rahbari hushidan ketdi (Video)
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Kiyev shahridagi chiqishi vaqtida Ukraina davlat chegara xizmati rahbari Viktor Nazarenko hushidan ketdi. Tadbir Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ishtirokida bo‘lib o‘tayotgandi.
UNIAN’ning Ukraina prezidenti ma'muriyati matbuot xizmati vakillariga asosan yozishicha, Lukashenko chiqish qilayotgan paytda davlat chegara xizmati rahbari Viktor Nazarenko hushidan ketgan.
Bundan avvalgi xabarlarda hushidan ketgan inson Ukraina milliy ilm-fan akademiyasi prezidenti ekani aytildi. Biroq, keyinchalik u davlat chegara xizmati rahbari ekani tasdiqlangan.
Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 20-21 iyul kunlari Ukrainaga rasmiy tashrif bilan borishi hamda ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan muzokaralar o‘tkazishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:37 / 24.09.2024
Lukashenko: «Urushga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak»
22:33 / 16.09.2024
Lukashenko yana 37 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
00:12 / 13.09.2024
Lukashenko Qorabog‘ atrofidagi voqealarda Armaniston rahbariyatini aybladi
15:37 / 04.09.2024