O‘zbekiston | 22:00 / 21.07.2017
34476
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi. 

Shavkat Mirziyoyev To‘ytepada viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda kommunal sohadagi kamchiliklarni keltirib o‘tdi va bu muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimiga Kommunal soha bilan shug‘ullanadigan o‘rinbosar tayinlash taklifini berdi.

«Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, bu lavozimga polkovnik Qobil Hamdamov tayinlangan. Bungacha u Mudofaa vazirining  o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyevning shu vaqtgacha 6 o‘rinbosari bor bo‘lib, ular: Tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar Maxmud Abdurahmonov, Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Usmon Rahimov, Qishloq va suv xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosar (vakant), Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar Bahodir Ahmedov, Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosar Alimardon Qarshiyev hamda Xotin qizlar qo‘mitasi raisi, hokim o‘rinbosari Sayyora Fayziyeva.

Mavzuga oid