Jamiyat | 12:19 / 25.07.2017
8864
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zpaxtasanoateksport” boshqaruv raisi yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi

Foto: O‘zpaxtasanoateksport

Joriy yilning 24 iyul kuni “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruv raisi A.Kamalov tizimda faoliyat olib borayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati va bu borada xolding kompaniyaning vazifa hamda takliflari muhokama qilindi.

Aytish kerakki, xolding kompaniya tizimida  bugungi kunda 10 mingdan ziyod 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar faoliyat olib bormoqda. Ularning 22 foizi boshqaruv lavozimlarida xizmat qilmoqda. 

Yig‘ilishda so‘z olgan xolding kompaniya boshqaruv raisi A.Kamalov jamiyat taraqqiyotida yoshlarning tutgan o‘rni haqida to‘xtalar ekan, shu jumladan, tizim rivojida tarmoq korxonalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar mehnatini alohida e'tirof etdi. 

Kompaniya raisi va yoshlarning muloqoti ochiq hamda konstruktiv ruxda o‘tdi. Yoshlar kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirishga doir taklif va mulohazalarini bildirishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Tadbirda xolding kompaniya va uning tarkibidagi barcha aksiyadorlik jamiyatlari vakillaridan iborat yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruhi tuzildi. Mazkur guruh tarmoq korxonalarida mehnat qilayotgan yoshlarning iste'dodlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, bilim-malakalarini oshirish, ijtimoiy himoyasi (jumladan, uy-joylar bilan ta'minlash, yoshlar ma'naviyat markazlari, sport komplekslarini tashkil etish)ni ta'minlashga ko‘maklashish, namunali va faol yoshlarni moddiy hamda ma'naviy rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha takliflar berish, kompaniya rahbariyati bilan yoshlarning doimiy muloqotlarini tashkil etish singari boshqa ko‘plab masalalarni o‘rganib boradi.    

Mavzuga oid