O‘rtachirchiqda ota o‘z qizini urib, tan jarohati yetkazgan
Xalqimizda bir kun janjal bo‘lgan joydan qirq kun baraka ko‘tariladi, degan ibora bor. Ko‘pincha yaxshi gap-so‘zlar bilan boshlangan ulfatlar bazmi oxir-oqibat janjal-to‘polon bilan yakunlanib, mushtlashuvgacha borib yetadi. Eng ayanchlisi, bunday holatlardan nafaqat ularning o‘zlari balki, yaqinlari ham birdek aziyat chekadilar.
Toshkent viloyati IIBning xabar berishicha, Olmaliq shahrida joriy yilning 13 iyul kuni soat 17.35 larda shu shaharda yashovchi yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi 1987 yilda tug‘ilgan S.T. shahar markaziy shifoxonasiga mastlik holatida bosh ensa sohasi jarohati va chap ko‘z atrofi yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi tashxisi bilan yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari vaqtida 2017 yilning 12 iyul kuni soat 17.00 larda Olmaliq shahar Moskva ko‘chasi, 6b-uy ro‘parasida joylashgan 14-sonli MChJ “Savdo” do‘konini oldida yollanma ishchi, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.A. tanishi S.T. bilan spirtli ichimlik iste'mol qilishib, mast holatda bo‘lgan A.Sh. kelib chiqqan janjal oqibatida S.T.ni yuz qismiga qo‘li bilan urib, unga tan jaroxati yetkazganligi, S.T. yerga yiqilib, bosh qismidan tan jaroxati olganligi aniqlangan.
O‘rtachirchiq tumanida esa joriy yilning 2 iyul kuni soat 13.30 larda nafaqaho‘r, 1949 yilda tug‘ilgan M.M. o‘zaro janjallashib, oilaviy kelishmovchilik sababli, o‘z qizi uy bekasi 1982 yilda tug‘ilgan V.M.ni uyida urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada V.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
28 iyun kuni soat 23.00 larda Piskent tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1994 yilda tug‘ilgan Z.M. Piskent tumani Murotali qishloq fuqarolar yig‘ini markazida o‘zaro janjallashib, 1986 yilda tug‘ilgan S.P.ni qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:35 / 17.09.2021
Milliy gvardiya matbuot xizmati O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha izoh berdi
20:18 / 14.07.2021
Andijonda PPX xodimi fuqaroning qo‘lini sindirgani aytildi. Holat prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda
14:59 / 12.07.2021
«Oyoqyalang sudrashdi. Qonunni oyoqosti qilishdi» – urganchlik ayol Senat raisi va Bosh prokurordan ko‘mak kutmoqda
19:42 / 10.07.2021