Davlat geologiya qo‘mitasi raisi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi o‘zgardi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
Islomov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2007 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Ma'dan va noma'dan foydali qazilmalar geologiyasi va qidirib chamalash bo‘yicha magistr.
U 2002 yildan 2008 yilgacha «Apartak» tog‘-ma'dan OAJda, «Regional geologiya» OAJda texnik, texnik-geolog vazifalarida ishlagan, 2008 yildan 2010 yil avgustiga qadar «Nodir va rangli metallar geologiyasi» DKda ikkinchi toifali geolog, yetakchi geolog, nodir va rangli metallar geologiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2010—2015 yillarda — «Davgeologaxborot» DK direktori, 2015—2016 yillarda — Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U shu kunga qadar qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari edi.
Bobur Islomov yangi lavozimda 2010 yildan buyon qo‘mitaga rahbarlik qilib kelgan Ilhomboy To‘ramurodov o‘rnini egalladi.