Dani Alvesning goli va golli pasi «PSJ»ga Superkubok uchun bahsda g‘alaba keltirdi
Fransiya Superkubogi uchun «PSJ» va «Monako» jamoalari o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda parijliklar jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Monako» 30-daqiqada Sidibening goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda «PSJ» 2ta gol bilan javob qaytardi. Dani Alves va Raboning gollari parijliklarga g‘alaba keltirdi. 51-daqiqada Alves uzoq masofadan darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi, bo‘lim davomida Raibo Alvesning pasini golga aylantirdi.
Shu tariqa, «PSJ» o‘z tarixida yettinchi marta Fransiya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa so‘nggi 5 yildan beri ushbu sovrinni hech kimga bermay kelmoqda (1995, 1998, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017). Bu sovringa «Lion» 8 marta, «Monako» 3 marta ega chiqqan.
Fransiya Superkubogi
«Monako» – «PSJ» 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 30 Sidibe, 1:1 – 51 Dani Alves, 1:2 – 63 Rabo.
«Monako» – Subashich, Jyemerson, Kongolo (Lopesh, 66), Glik, Sidibe (Sent-Maksimen, 77), Tilemans, Fabino, Lemar, Ture, Falkao, Mbappe (Karrilo, 71).
«PSJ» – Areolya, Markinos, Mene, Kurzava, Dani Alves, Rabo, Motta (Matyuidi, 71), Pastore (Gonsalu Gedesh, 86), Verratti (Nkunku, 90), Tiago Silva, Kavani.
Ogohlantirishlar: Sidibe (50), Glik (53), Verratti (82), Fabino (82).
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
23:48 / 10.05.2024
«7 yillik faoliyatimdan keyin menga yangi chaqiruv kerak». Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi
16:27 / 15.03.2024
YeChL chorakfinal va yarimfinaliga qur’a tashlandi
16:27 / 22.02.2024