OAV: Terrorchilar Sidney-Abu-Dabi reysida teraktni amalga oshirishmoqchi bo‘lgan
Avstraliyada qo‘lga olingan jangarilar Etihad Airways aviakompaniyasining Sidney-Abu-Dabi yo‘nalishidagi reysni amalga oshiruvchi samolyotida terakt uyushtirishni rejalashtirishgan. Bu haqda Daily Telegraph xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, samolyot bortida 500 ga yaqin yo‘lovchilar, shuningdek, ekipaj a'zolari bo‘lishi mumkin edi.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar teraktni amalga oshirish uchun “gazli moddadan” foydalanishni rejalashtirishgan.
Razvedkadagi manbalarning so‘ziga ko‘ra, to‘rt nafar qo‘lga olingan shaxs xorijda tayyorgarlikdan o‘tgani haqida hech qanday ma'lumot bo‘lmagan, biroq ular Suriya va Iroqdagi ekstremistik guruhlar bilan aloqada bo‘lishgan.
Avvalroq Avstraliyada samolyotda tayyorlanayotgan teraktning oldi olingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
09:15 / 10.09.2024