Video: Aripov testga olib kirish uchun elektron qurilma yasagan abituriyentga maslahat berdi
Avval xabar qilinganidek, “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi binolarida o‘tkazilayotgan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlariga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tashrif buyurdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Abdulla Aripov test sinovlariga olib kirish uchun elektron qurilma yasagan abituriyentga maslahat berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu abituriyent qurilmani bir necha kun avval bu yerdagi hojatxonalaridan biriga yashirib qo‘ygan bo‘lib, imtihon avvalida u hojatxonaga chiqib kelish haqida so‘ragan.
Bosh vazir abituriyent qayta tekshiruvdan o‘tkazilganida yonidan topilgan qurilmani ko‘rib, unga Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga hujjat topshirishni maslahat berdi.
Mavzuga oid
00:57 / 10.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:17 / 09.09.2024
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi to‘liq tiklangani e’lon qilindi
18:21 / 09.09.2024
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi
19:49 / 17.08.2024