O‘zbekiston | 19:30 / 03.08.2017
34016
1 daqiqa o‘qiladi

Keyingi yilda test sinovlari onlayn ko‘rinishda bo‘lishi kutilmoqda

Keyingi yildan test sinovlari onlayn ko‘rinishda bo‘ladi. Bu haqda 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'lum qilgan.

Videoselektorda qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, keyingi yildan imtihon javoblari o‘sha zahoti, o‘sha kuniyoq chiqishiga erishiladi.

«Men o‘zim testga qarshiman. Test bo‘lsa ham kompyuterda topshiradi. O‘sha kuni bahosini olib ketadi. Natijani kutib yuradimi?

Bu yil test imtihonlari qattiq bo‘ldi. Bundan keyin ijodiy imtihon olinadigan oliy o‘quv yurtlarida test bo‘lmaydi», — degan prezident.

Mavzuga oid