Prezident kelin navkarlar haqida gapirdi va Toshkent shahar hokimiga hayfsan e'lon qildi
2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda madaniyat, san'at, adabiyot va OAVdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi vazifalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda qator idora, tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilishicha, unda Prezident virtual qabulxonaga kelayotgan murojaatlarning juda ko‘p qismi to‘y-ma'rakalarni tartibga solib berish haqida ekanini ta'kidladi. Xususan, davlat rahbari Toshkent shahar hokimi R.Usmonovga qarata kelin navkar haqida gapirgan.
“Oldin kuyov navkarlar bo‘lardi, endi bunaqasi ham chiqibdi. Kelin 10 nafarcha dugonalarini bir xil kiyintirib, kelin navkar bo‘lar ekan”, - degan prezident.
Toshkent shahar hokimining qayd etishicha, bu holatlarni televideniyega olib chiqmasa bo‘lmaydi, bunday dabdabani oddiy odamlar emas, katta odamlar qilayotgan ekan.
Davlat rahbari to‘ylarni ortiqcha hashamlarsiz o‘tkazish uchun bosh vazir A.Aripov va bosh vazir o‘rinbosari T.Narbayevaga tegishli qaror loyihasini tayyorlash bo‘yicha vazifa topshirdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi R.Usmonov va uning xotin-qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari F.Abduraximovaga hayfsan e'lon qilindi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024