Jahon | 23:44 / 04.08.2017
19923
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing Dreamliner osmonda o‘z aksini "chizdi"

Foto: RIA Novosti / Aleksey Kudenko

AQSh osmoni uzra o‘z aksini "chizgan" Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchi samolyotining bu parvozidan maqsad Rolls Royce kompaniyasining yangi dvigatelini sinovdan o‘tkazish bo‘lgan, deb xabar bermoqda Flightradar24 portali.

3 avgustda Boeing kompaniyasi Boeing 787 Dreamliner shaklini qaytaruvchi yo‘nalish bo‘yicha bu modeldagi samolyot parvozini tashkillashtirdi.

Ma'lum qilinishicha, sinov parvozi Boeing va Rolls Royce kompaniyalariga "regulyatorlarga samolyot bir dvigatelda xavfsiz uzoq masofaga parvozlarni amalga oshira olishini isbotlash"ga ijozat berdi. Parvozning umumiy davomiyligi 18 soatni tashkil qilgan. 

Boeing’ning rasmiy saytida aytilishicha, samolyot yo‘nalishi 22 shtat orqali o‘tgan. "787 Dreamliner modeli tashuvchilarga ko‘proq uzoq masofalarga mo‘ljallangan reyslarni amalga oshirishga imkon berish uchun yaratilgan", deb aytilgan xabarda.

Boeing 787 Dreamliner — keng fyuzelyajli, ikki dvigatelli yo‘lovchi samolyoti bo‘lib,  Boeing Commercial Airplanes kompaniyasi tomondan yaratilgan. U 250-300 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, Dreamliner avvalgi modellardan tejamkorroqdir.

Mavzuga oid