Jahon | 20:40 / 05.08.2017
8903
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston sharqidagi aviazarba natijasida 50 tolib yo‘q qilindi

G‘arb koalitsiyasining Afg‘oniston sharqidagi Xo‘st viloyatiga bergan aviazarbasi oqibatida kamida 50 nafar tolib yo‘q qilindi, yana 3 nafari jarohat oldi. Bu haqda 5 avgustda mahalliy amaldor Gulob Mangalaga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar berdi.

"Operatsiya Musa Xil tumanida kechki vaqt amalga oshirilgan. Aviazarba AQSh boshchiligidagi g‘arb koalitsiyasi kuchlari tomondan berilgan. Oqibatda jangarilar panagohi, qurol-aslahasi va o‘q-dorilari yo‘q qilingan", deb aytgan Mangala.

50 jangarining yo‘q qilingani haqidagi ma'lumotni axborot agentligiga Afg‘oniston mudofaa vazirligida ham tasdiqlashgan, biroq operatsiya haqida biror-bir tafsilotni oshkor qilishdan bosh tortishgan.

Mavzuga oid