Jahon | 18:45 / 05.08.2017
16146
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina prezidenti MiG-29 qiruvchi samolyotida parvoz qildi (foto+video)
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Havo kuchlari kuni munosabati bilan MiG-29 qiruvchi samolyotida parvoz qildi. U bu haqda Facebook sahifasida yozdi.
«Havo kuchlari kunida harbiy uchuvchilarni qutlash uchun MiG-29 qiruvchi samolyotida Vinnitsa viloyati aerodromiga keldim», — degan davlat rahbari.
Poroshenko, shuningdek, «mustaqil Ukraina osmoni mudofaasini ta'minlayotgan» barcha harbiy uchuvchilarni ajoyib xizmati bilan tabriklagan.
Poroshenko samolyotda asosiy uchuvchidan keyingi ikkinchi uchuvchi o‘rnida o‘tirgan.
Foto: TASS