Jahon | 12:20 / 06.08.2017
8808
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy KXDRni BMT rezolyutsiyasiga amal qilishga chaqirdi

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I shimoliy koreyalik hamkasbi Li Yon Xo bilan uchrashuvda KXDRni BMT rezolyutsiyasiga rioya qilishga chaqirdi.

Xitoy vaziri KXDR TIV rahbari unga Filippin poytaxti Manila shahrida o‘tkazilgan ASeAN mintaqaviy forumi vaqtida nimalar deganini ochiqlamagan.

Reuters xabarida aytilishicha, bu ikki vazir bir-birini iliq qarshilagan.

Shuningdek, Van I Janubiy Koreya va AQShni  «provokatsiya harakatlari» amalga oshirmaslikka chaqirgan.

Mavzuga oid