Jalaquduq tumani sobiq hokimi Marhamatga tayinlandi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijro qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev Andijon viloyati Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Ungacha Jalaquduq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Shuhratbek Husanovich Qamchiyev 8 avgustdan e'tiboran Marhamat tumani hokimi vazifasiga tayinlangan, deb xabar beradi Kun.uzning Andijon viloyatidagi muxbiri E.Ermatov.
Shuhratbek Qamchiyev 1974 yilda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Andijon qishloq xo‘jaligini instituti, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi kakdemiyasini tamomlagan.
Agronom-olim sifatida ko‘p yillar viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilgan. 2009 yildan shu yilning 8 avgustiga qadar Jalaquduq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bugungacha Marhamat tumanida Xursandbek Sultonov hokim lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
10:14 / 01.05.2024
Buloqboshi tumani hokimi Marhamat tumaniga ishga o‘tkazildi
11:42 / 07.11.2022
“Mafkurasiga eskilik sarqiti o‘tirib qolganlarning ishi” - XTV matbuot kotibi bilan Jalaquduqdagi voqea va maktab muammolari haqida suhbat
23:11 / 01.02.2022
Jalaquduq tumanidan topilgan chaqaloq jasadi: tafsilotlar
10:16 / 31.01.2022