Jamiyat | 19:26 / 10.08.2017
81012
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida yangi qurilgan uy joyni ipoteka kreditiga sotib olish mumkinmi?

SAVOL: Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi uylardan xarid qilgan boshqa viloyat fuqarolariga poytaxtdan propiskaga o‘tishi mumkinligi haqida o‘qib qoldim. Uning izohlarida ya'ni “to‘lovni bank hisob raqami orqali amalga oshiradi”, deb ko‘rsatilganligi uy narxni bank orqali ipoteka ko‘rinishida to‘lasa bo‘ladimi?

Ikromjon Artikboyevich Hazratkulov

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qonunning 22-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aktsiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1998 yil 2 oktabrdagi PF-2084-sonli Farmoni talablariga asosan tijorat banklari kredit operatsiyalarini bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan «Kredit siyosati» asosida mustaqil amalga oshiradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 527-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-sonli «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda ham amalga oshiriladi.

Bunda, yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan e'tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi

Savolga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsulti S.Otaxonov javob berdi

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Mavzuga oid