Eron raketa dasturini moliyalashtirishni 520 million dollarga oshirdi
Eron parlamenti yakshanba kuni ballistik raketalar ishlab chiqarish dasturiga qo‘shimcha 520 million dollar ajratish, shuningdek mintaqadagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) faoliyatini kengaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi uchun ovoz berdi. France-Presse agentligi shu haqida xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQShning islom respublikasiga qarshi yangi sanksiyalariga javoban ishlab chiqilgan qonun loyihasi aksariyatning ovozi bilan qabul qilingan.
"Amerikaliklar bu bor-yo‘g‘i birinchi qadam ekanini tushunishi kerak", - deydi majlis (parlament) raisi Ali Larijoniy.
18 iyulda AQSh ma'muriyati Eron ballistik raketa dasturini qo‘llab-quvvatlovchi 18 tashkilot va shaxslarni qora ro‘yxatga kiritgani haqida e'lon qilgandi. Bunga javoban Eron hukumati BMT Xavfsizlik Kengashiga AQSh sanksiyalari ustidan shikoyat bilan murojaat qildi hamda Vashingtonni yadroviy bitimni buzishda aybladi.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024