Sport | 21:07 / 15.08.2017
13145
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» muxlislari klub rahbariyati iste'fosini talab qilmoqda

«Barselona» muxlislari Xosep Bartomeu boshchiligidagi klub rahbariyatidan qattiq norozi bo‘lmoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub muxlislari tvitterda prezidentning iste'fosini talab qilib, maxsus heshtegni ( #BartomeuDimiteYa - Bartomeu, ket endi) trendga chiqarish uchun harakat boshladi.

Klub fanatlari Neymarning «PSJ»ga sotilganidan g‘azablanmoqda. Shuningdek, jamoaning tushunarsiz transferlari, xususan Xitoy chempionatidan Paulino olib kelinishini tushunishni istashmayapti.

Ayni paytda 280 mingdan ortiq muxlis bu aksiyada ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid