Jamiyat | 14:45 / 16.08.2017
54237
9 daqiqa o‘qiladi

Fotosayohat: 23 yoshli “Mashhura”ning faoliyatiga nima bo‘ldi?

O‘zbek ayollari haqida so‘z borganda, ularni nafaqat husni, balki aql-zakovati, oilaparvarligi ham alohida e'tirof etiladi. Bo‘lajak uy bekalarining tarbiyasi, odobi go‘zal bo‘lishi bilan bir qatorda ular biron-bir hunarni puxta egallagan bo‘lsa, oilada baraka, totuvlik hukm suradi.

Yurtimizda yoshlarga hunar o‘rgatuvchi o‘quv markazlar juda ko‘p. Lekin ular orasida “Mashhura”ning o‘rni, ta'rifi bo‘lakcha. Ikki yilcha avval, ushbu maskan o‘z faoliyatini to‘xtatibdi, degan mish-mishlar quloqqa chalingan edi.

Chindan ham “Mashhura” o‘quv markazining faoliyati tugatilganmi? Agar bu mish-mish yolg‘on bo‘lsa, u holda “hunar maktabi” o‘zining avvalgi mavqeini qay darajada saqlab qolgan?

Aynan shu savollarga javob olish va eng “yoshi ulug‘” dargohning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Mashhura”ning Toshkentdagi bosh ofisi tashrif buyurishga qaror qildim.

Qarangki, o‘quv markazida dars jarayonlari ayni qizg‘in pallada ekan. “Mashhura” o‘z faoliyatini to‘xtatmay, aksincha, yanada gullab-yashnab, rivojlanib borayotgan ekan.

 

“Mashhura” haqida

O‘quv markaz o‘z faoliyatini 1994 yilda boshlagan bo‘lib, dastavval 5 o‘quv kursi bo‘yicha yoshlarga hunar o‘rgatishdan boshlagan. Bugungi kunda “Mashhura”da 30 yo‘nalish bo‘yicha dars beriladi. O‘quv markazi asoschisi Mashhura Yusupova bichish uslubi bo‘yicha o‘z dasturini yaratib, mualliflik guvohnomasini olgan birinchi tadbirkor ayollardan sanaladi.

 To‘quvchilik

“Mashhura” o‘quv markaziga uyushtirilgan sayohatni to‘quvchilik kursidan boshladik. Yoz oyi bo‘lishiga qaramay, bu mashg‘ulot bilan shug‘ulannayotgan qizlar soni ko‘pchilikni tashkil etib, ular to‘qish san'atining ko‘plab sir-asrorlaridan xabardor bo‘lishmoqda.

Kompyuter saboqlari

Kompyuter xonasida ham darslar qizg‘in kechmoqda. Faqat kompyuterlar orasidan biri nosoz ekani ma'lum bo‘ldi. O‘ylaymizki, markaz ma'muriyati mazkur kamchilikni tez orada bartaraf etadi.

Parda tikish kursi

Bu kursda xona qizlar bilan gavjum. Ular darsni diqqat bilan kuzatib, ustozlari tomonidan berilayotgan har bir vazifani astoydil tushunib olish istagida. Hattoki, qo‘liga fotoapparat ko‘tarib olgan muxbir kelganida ham qizlar chalg‘imasdan ustozni tinglashda davom etishdi.

Sartaroshlik

Yuqoridagi holat mazkur o‘quv jarayonida ham kuzatildi. Shu sababli pardoz sirlarini o‘rganayotgan qizlarni durustroq suratga olishni iloji bo‘lmadi.

Bichish-tikish kurslari

Eng qizg‘in dars jarayoni ketayotgan xona. Qizlar ustozlarini tinmay savolga tutishmoqda. Albatta, bu tabiiy. Sababi, tikuvchilik yo‘nalishi o‘quvchidan alohida e'tibor, qunt, mehnat va sabrni talab etadi. Bu sohada professional bo‘lish uchun esa shogird o‘z ustida tinmay ishlamog‘i kerak.

O‘quvchilar orasida eng kichigi bo‘lgan 12 yoshli Munisaxon ham “Mashhura”da tikish-bichish sirlarini o‘rganish uchun atayin Qozog‘istondan tashrif buyurgan.

Uyg‘ur va Yevropa taomlari kursiKeng va ko‘rkam oshxonada qizlar va kelinlar tansiq taomlar tayyorlash bilan band. Bugun ular funchoza say, brizol hamda antiqa kotlet pishirishni o‘rganishdi. Yana bir e'tiborli jihati, navbatchi qizlar tartibga rioya qilgan holda fartuk taqib, boshga ro‘mol o‘rab olishgan edi.

Yana bir mo‘jazgina oshxona

Bu yerda 16 yildan beri “Mashhura”da ishlab kelayotgan Gulsara opa yosh kelin va qizlarimizga qandolatchilik, taom tayyorlash va karving san'atidan dars berib kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim

Bu yerda bolajonlarning vaqtini quvnoq, mazmunli o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mazkur kursga siz 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan farzandlaringizni olib kelishingiz mumkin. Bolalar ingliz tili, rus tili, ona tili, matematika, rassomchilik, erkin mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishadi.

“Mashhura”dagi o‘quv xonalari talabga javob beradimi?

Yoz fasli jazirama bo‘lgani sababli ko‘pchilik bu mavsumda hordiq chiqarishni hush ko‘radi. Biroq “Mashhura”ning o‘quvchilari vaqtni zoye ketkazmay, yangi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishni maqsad qilishgan. Albatta, buning uchun o‘quv dargohida barcha imkoniyatlar mavjud.

  1. Har bir xonaga konditsioner va ventilyatorlar o‘rnatilgan.
  2. Pazandachilik, taomlar tayyorlash kurslari uchun oshxona binoning tashqi qismida joylashgan. Bu esa boshqa o‘quv kurslariga qatnaydiganlar uchun noqulaylik tug‘dirmaydi. Auditoriyaga taomlarning isi taralishini oldini oladi.
  3. Xonalar toza, shinam va qulay. Ayniqsa, markaz oshxonalari va bolalar xonasining dizayni ko‘zni quvnatadi.
  4. Bu yerda har bir o‘quvchiga individual shaxs sifatida qaraladi va qandaydir ko‘ngilsiz vaziyatlar yuzaga kelsa, o‘sha zahotiyoq hal etiladi. Masalan, biz tashrif buyurgan vaqtda bir o‘quvchining tobi qochgani tufayli o‘qituvchi tomonidan darhol “Tez yordam” xizmati chaqirildi. Navbatchi shifokorlar tobi qochgan qizga birinchi yordamni ko‘rsatishdi.

Kuzatuvlar natijasida shu narsaga amin bo‘ldimki, “Mashhura” o‘z o‘quvchilari - qizlar, kelinlarning bir hunarning asl egasi bo‘lishi, oilada o‘z o‘rnini topishi uchun barcha zarur bilim-ko‘nikmalarni ulashishdan aslo charchamaydi.

 

Yoqimli lahzalar

Shuningdek, biz o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, qo‘liga diplom olgan qizlarning quvonchiga guvoh bo‘ldik. Endilikda ular o‘z xonadonlarida “Mashhura”dan o‘rgangan bilimlarini sinab ko‘rishadi.

Yana bir yangilik!

“Mashhura” o‘quv markazida talab va istaklarga binoan Avto-maktab, Superkelinchak, Qaynonalik sanati kurslari ochildi. Bu yangi kurslarga yozilayotgan o‘quvchilar soni ortib bormoqda.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda zamonaviy maishiy texnikalar ta'mirlashni o‘rgatuvchi kurslar ochish ham rejalashtirilgan.

Bugungi fotosayohat tufayli biz o‘sha mashhur “Mashhura”dagi hayot bilan yaqindan tanishishga, ko‘plab yangiliklardan boxabar bo‘lishga erishdik. Guvoh bo‘lganimizdek, o‘quv markaz ko‘pchilikning allaqachon sevimli va qadrdon maskaniga aylanishga ulgurgan. Yana bir e'tiborli jihati, tashkil etilgan kurslarda o‘g‘il bolalar ham tahsil olmoqda. O‘zim ham yaqin orada ushbu dargohga tashrif buyurib, hunarlardan birini o‘rganishga qaror qildim.

Baxtli bo‘lishni istaysizmi? Sevimli yor, orasta kelin, mehribon onaga aylanishnichi? U holda siz uchun “Mashhura”ning eshiklari doim ochiq. Siz bu yerda albatta, o‘z orzuingizdagi hunarni mohir egasi bo‘lasiz.

Eslatma: “Mashhura”ning Toshkent shahrida boshqa filiallari yo‘q! Agarda siz “Mashhura” deb soxta markazlar ochib yurganlar faoliyatidan xabar topsangiz, darhol xabar berishingizni so‘raymiz.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 2 uy.

Mo‘ljal: Beruniy metrosi, “Artel” kompaniyasi yonida.

Telefon: +99871 246-00-50
+99871 249-95-05
 +99871 249-95-53

Eslatib o‘tamiz: O‘quv markazning viloyatlarda ham ko‘plab filiallari mavjud.

Feruza Avazova

Mavzuga oid