Qirg‘iziston bosh vaziri: O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
2017 yilning 16 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxtida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilish Qirg‘iziston bosh vaziri So‘ronboy Jyenbekov hamda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning raisligida o‘tmoqda. Yig‘ilishning boshlanishidan avval har ikki respublika hukumat rahbarlari qisqa tarkibda uchrashuv o‘tkazdi.
«Siz bilan uchrashib turganimdan juda xursandman. Ta'kidlab o‘tish lozimki, 2017 yilning 4 iyul kuni «Toshkent – Tomchi» to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareysi ochildi, u O‘zbekiston fuqarolariga Issiqko‘l ko‘lida bemalol dam olishga imkoniyat beradi. O‘zbekiston Respublikasi bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish Qirg‘iziston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan ikki tomonlama munosabatlar faollashganini ta'kidlab o‘tishdan xursandman. Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning so‘nggi yig‘ilishi 2009 yilda o‘tkazilgandi. Hukumatlararo komissiya ikki tomonlama masalalarni muhokama qilish uchun yaxshi maydonchadir», - deya qayd etgan Qirg‘iziston bosh vaziri.
Shuningdek, bugun, 16 avgust kuni, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlangandan so‘ng, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya hamda demarkatsiya qilish bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi ham o‘tkaziladi.
Avvalroq Aripov Almazbek Atamboyev bilan uchrashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20:33 / 14.09.2024
Vodiydagi tantana, Boysundagi mavhumlik va AES bo‘yicha yakuniy bitim - hafta dayjesti
19:03 / 14.09.2024