Sport | 18:40 / 19.08.2017
11267
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» ikkinchi turda ham yirik g‘alabaga erishdi

Angliya premer-ligasining 2-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda «Suonsi» birinchi turda eng yirik g‘alabaga erishgan «Manchester Yunayted»ni qabul qildi.

Birinchi bo‘limning so‘ngida Erik Bayi hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida, 4 daqiqa ichida yana uchta gol kiritgan mankunianliklar ketma-ket ikkinchi uchrashuvda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Natijada 2 turda 8:0 to‘plar nisbati bilan 6 ochko to‘plagan Joze Mourino shogirdlari chempionatda yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

Angliya premer-ligasi, 2-tur

Suonsi – Manchester Yunayted 0:4 (0:1)
Gollar: Bayi (45), Lukaku (80), Pogba (82), Marsial (84).
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Bartli (Rautledj, 67), Olsson, Mouson, Mesa (Narsinx, 67), Fer, Kerroll, Noton, Abraxam (Makberni, 82), Ayyu.
Manchester Yunayted: De Xea, Bayi, Blind, Valensiya, Jons, Mata (Fellayni, 75), Pogba, Matich, Mxitaryan (Errera, 85), Reshford (Marsial, 75), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Pogba (26), Fer (73).

Mavzuga oid