Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri ozodlikka chiqdi
Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Men Suk ikki yil qamoqda o‘tkazgandan keyin ozodlikka chiqdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.
Xan Men Suk Kyongido viloyatidagi Iyjonbu shahri turmasida jazoni o‘tayotgan bo‘lgan. Sobiq bosh vazirning tarafdorlari uni ismini hayqirib, gullar bilan kutib olishgan.
Uni kutib olishda mamlakatning sobiq bosh vaziri Li Xve Chxan va sobiq adliya vaziri Kan Kum Si ham ishtirok etgan.
“Oxirgi ikki yil ichida qattiq og‘riqlar his qildim, biroq yana dunyo bilan uchrashmoqdaman. Men barcha qiyichiliklarni sizning ishonchingiz va muhabbatingiz tufayli yenga oldim”, deb minnatdorlik bilddirgan uni kutib olganlarga Xan Men Suk.
Sobiq ayol siyosatchi bosh vazir lavozimini 2006 yildan 2007 yilgacha egallagan. U 900 mln von (o‘sha vaqtdagi kurs bo‘yicha 790 ming dollar) miqdorida pora olgani uchun 2015 yilda qamalgan edi. Sud qaroridan keyin u parlamentdagi o‘rnidan mahrum etilgan.
Mavzuga oid
14:20
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024