Jahon | 15:37 / 25.08.2017
12341
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda irqiy nafrat tufayli qotillik sodir etgan mahkum yangi preparat yordamida qatl etildi

Foto: AP

AQShning Florida shtatidagi qamoqxonalardan birida irqiy nafrat sabab qotillikka qo‘l urgan 53 yoshli Mark Asay qatl etildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Hukm avval bu maqsadda qo‘llanilmagan anestetik vosita – etomidat orqali ijroga keltirildi. Bu preparat ko‘plab farmatsevtika kompaniyalari o‘limga olib keluvchi inʼeksiyalarda qo‘llash uchun sotishdan voz kechgan midazolamning o‘rniga qo‘llanildi.

Asay qoratanli Robert Li Buker va metis Robert Makdauellni irqiy nafrat tufayli o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan. Har ikki jinoyat 1987 yilda amalga oshirilgan.

Joriy yilning aprel oyida AQSh farmatsevtik kompaniyasi e'tirozi sababli 7 ta o‘lim jazosi ijrosi qoldirilgani haqida xabar berilgandi. McKesson farmatsevtik kompaniyasi uning preparati qatllarni ijro etish uchun qo‘llanilishidan bexabar bo‘lganini ma'lum qilgandan so‘ng Arkanzas shtati 7 ta o‘lim jazosi ijrosini keyinga qoldirishiga to‘g‘ri kelgandi.

Mavzuga oid