Jahon | 18:53 / 25.08.2017
7678
2 daqiqa o‘qiladi

Myanma harbiy blok-postlariga uyushtirilgan hujumlarda 71 kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Myanmaning huquqlari poymol qilinayotgan musulmon isyonchilari Rohinya hududidagi 30 ta politsiya blok postlari va armiya bazasiga hujum qilishi oqibatida ikki tomondan jami 71 kishi qurbon bo‘ldi. Reyter agentligining xabar qilishicha, qurolli hujum qilganlarning 59 a'zosi, xavfsizlik kuchlarining 12 nafari o‘ldirilgan. 

Qurolli to‘qnashuvlar hamon ayrim hududlarda davom etmoqda. Inson va diniy haq-huquqlarning jiddiy poymol qilinishi tufayli o‘tgan yilning oktabr oyida mamlakat shimoli-g‘arbiy shtatida boshlangan ziddiyatlar barham topayotgani yo‘q. 

The Arakan Rohingya Salvation Army (ARSA) – Arakan Rohinya ozodlik armiyasi (oktabr oyidagi hujumlar ijrochisi Harakat ul Yaqinning yangi nomi) mazkur hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. 

Asosiy aholisi Buddaviylikka e'tiqod qiluvchi mamlakat boshqaruvi bir necha 10 yillik harbiy hukmronligidan so‘ng fuqarolik hukumatiga o‘tganidan so‘ng, 1,1 mlnlik Rohinya musulmonlarining haq-huquqlari poymol etilishi va ularning qirg‘in qilinishi bilan bog‘liq jinoyatlar eng jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. 

Aksari Islom diniga e'tiqod qiluvchi Rohinya aholisi mamlakat fuqarolari deb hisoblanmaydi, aksincha ular Bangladeshdan kirib kelgan noqonuniy muhojirlar deb ataladi. Ular asrlar osha shu mintaqada istiqomat qilib kelganiga qaramay, fuqarolik huquqlaridan mahrum etilmoqda. 

Mavzuga oid