Sport | 15:12 / 25.08.2017
8963
2 daqiqa o‘qiladi

Zlatan Ibrahimovich: «Manchester Yunayted»da tekinga o‘ynashga ham tayyor edim»

Foto: Twitter/@manchesterunited

The Times da yozilishicha, kecha «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolagan Zlatan Ibrahimovich buning uchun o‘tgan yilgiga nisbatan bir necha barobar kamroq maosh olishga ham rozi bo‘lgan. 

Manbada keltirilishicha, shu yilning iyun oyida nihoyasiga yetgan shartnomada shvetsiyalik hujumchi haftasiga 350 ming funt olgan, yangi shartnomaga ko‘ra esa, u atigi 125 ming funt maosh olishga ham ko‘ngan. 

Zlatan Ibrahimovich AQSh va Xitoydan jiddiy takliflar bo‘lishiga qaramasdan, aynan «MYu»ni tanlaganidan xursand ekanini yashirmadi. 

«Ibrakadabrani o‘z safida ko‘rishni istagan bir nechta klub bor edi, ammo men Manchesterda ajoyib bir yilni o‘tkazdim va bu davom etishini istayman. Ajoyib mavsum o‘tdi, biz uchta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldik, ajoyib yigitlar bilan birga o‘ynadim, men juda yaxshi biladigan murabbiy ham shu yerda, oilam ham bu yerda juda baxtli.

O‘zingga jamoa tanlar ekansan, faqat sport nuqtai nazaridan qaramaysan, men va atrofimdagilar shunchalar baxtlimizki, men hatto tekinga o‘ynashga ham tayyor edim» – degan Ibrahimovich ESPNga bergan intervyusida.

Mavzuga oid