Fan-texnika | 19:20 / 27.08.2017
13213
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi BMW M5 sinovdan o‘tkazilmoqda (video+foto)

Fotoayg‘oqchilar yangi BMW M5 avtomobilini mashhur Nyurburgring trassalarida sinov ustida tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Suratlar va videorolik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. 

Foto: versiya.info

Nemis konsernining yangi avtomobili haqida na suratlar va na videorolikdan to‘liq tasavvur hosil qilish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ekspertlar BMW M5'ning xususiyatlari va tashqi ko‘rinishiga to‘xtalib o‘tishdi. Sport sedani trassani osonlik bilan bosib o‘tdi. 

Manbaga ko‘ra, BMW M5'ning tezligi ancha yuqori, lekin ishlab chiqaruvchilar tomonidan va'da qilingan 600 ot kuchiga yetmaydi. Model sentabr oyida Frankfurtdagi avtosalonda rasman namoyish qilinadi, o‘shandagina sedan haqida yanada batafsil va aniq ma'lumotlar beriladi. 

Taxminlarga ko‘ra, BMW M5 va'da qilingan tezlikka erishish uchun 4,4 litrli TwinPower Turbo V8 dvigateli bilan ta'minlanadi. Yangi model narxi hozircha noma'lum. Mashina Mercedes-AMG E63 S bilan raqobatlashadi. 

Mavzuga oid