Jahon | 15:35 / 27.08.2017
18453
1 daqiqa o‘qiladi
Avstriya tog‘larida fojia ro‘y berdi
Avstriyaning Zaltsburg federal yerida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli 5 kishi halok bo‘lib, bir kishi og‘ir jarohat oldi. Bu haqda ORF telekanalida xabar berildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, alpinistlar bitta arqondan foydalanishayotganida muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Dengiz sathidan 3 km balandlikda joylashgan voqea joyiga qutqaruv vertolyotlari yo‘llangan.
Jabrlangan alpinist shifoxonaga yetkazilgan. Qurbonlarning shaxsi aniqlanmoqda.