Jamiyat | 10:20 / 27.08.2017
8905
2 daqiqa o‘qiladi

G‘azo sektori aholisi 30 yil ichida ilk marta kinoteatrga bordi

© RIA Novosti / Alyan Nazar

G‘azo sektorida yashovchi bir necha yuz kishi 26 avgustda 30 yil ichida ilk marotaba kinoteatrda film tomosha qila olishdi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentligi xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, G‘azodagi eng eski kinoteatr hisoblangan “Samer” bir kechaga tomoshabinlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Shanba kunidagi seansga 300 nafarga yaqin kishi keldi. Ularga Isroil qamoqxonalarida ushlab turilgan falastinliklar haqidagi “O‘n yil” deb nomlangan film namoyish etilgan. Film G‘azoda olingan.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, "Samer" kinoteatri 1944 yilda qurilgan va o‘tgan asrning 60-yillarida yopib qo‘yilgandi. Sektordagi barcha qolgan kinoteatrlar “birinchi intifada” (falastinlik arablarning Isroil hukumatiga qarshi qurolli kurashi) vaqtida o‘tgan asrning 80-yillari oxirida yopilgan.

Film namoyishi tashkilotchisi Gxada Salmiyning aytishicha, bu namoyish “G‘azoda kinoni tiklash”ga qaratilgan sa'y-harakatlar ramzi hisoblanadi.

Birinchi falastin intifadasi (1987-1991 yillar) 1967 yilgi "Olti kunlik urush" vaqtida Isroil tomondan Falastin hududlarining bosib olinishiga qarshi falastinliklar kurashi hisoblanadi. 

Mavzuga oid