Bargli sabzavotlar - diabet profilaktikasi garovi
Diabet - zamonaviy tibbiyotning asosiy muammolaridan biri. Olimlar bu kasallikning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima iste'mol qilish kerakligini aniqlashga harakat qilishmoqda. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Lesterlik olimlar bu savolga javob topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular 220 ming kishining tahlillar natijalarini o‘rganib chiqishdi. Natijada sabzavotlar iste'moli va diabetdan himoyalanish o‘rtasida bog‘liqlikni topishning uddasidan chiqishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, kun davomida bargli sabzavotlardan iborat qo‘shimcha porsiya iste'moli diabetga yo‘liqish ehtimolini 14 foizga pasaytirar ekan.
Masalan, ismaloq diabetdan ajoyib himoya hisoblanadi. Undagi antioksidantlar, mikroelementlar va qator vitaminlar kasallik rivojlanishining oldini oladi.
Mavzuga oid
22:27 / 30.09.2024
Olimlar artrit va qandli diabetni tashxislash uchun mini-skaner yaratdi
21:10 / 28.09.2024
Olimlar birinchi marta 1-tur diabetni davolashga muvaffaq bo‘ldi
08:02 / 23.11.2023
Profilaktika inspektorlarini tayinlash jarayoni o‘zgartirilmoqda
09:59 / 31.05.2023