AQShning Afg‘onistondagi harbiylari soni 11 mingga yaqinni tashkil qilmoqda
AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondagi soni 11 ming harbiyni tashkil qilmoqda, deb ma'lum qildi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi direktori, general-leytenant Kennet Makkenzi.
“Hisob-kitobning yangi sodda usuliga ko‘ra, Afg‘onistondagi qo‘shinlarimiz soni 11 mingga yaqin harbiyni tashkil qiladi”, deb aytgan Makkenzi matbuot anjumanda.
Uning eslatishicha, avval Pentagon 8,4 ming harbiy borligini ma'lum qilib kelgan.
Makkenzining tushuntirishicha, harbiylar qatoriga Afg‘onistonning mahalliy kuchlarini tayyorlovchi, operatsiyalarni ta'minlash bo‘yicha aksilterrorchilik kuchlari harbiylari kiradi.
Generalning aytishicha, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasi doirasida AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonida biroz o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
11:30 / 17.09.2024
Pentagon Nigerdan AQSh kuchlarini olib chiqishni yakunladi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024