O‘zbekiston | 21:52 / 31.08.2017
340643
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Gulnora Karimovaning qizi Islom Karimov haykali ochilish marosimida

Lola Karimova-Tillayeva 31 avgust kuni Toshkent shahrida otasi — O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining ochilish marosimida qatnashdi va haykal poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayevaning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilingan.

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillyayeva

«Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti va asoschisi Islom Karimov haykaliga gul qo‘yish marosimi. Toshkent, 31 avgust, 2017 yil» , — deya izoh berilgan suratlarga.

Bu suratlarda Lola Karimova opasi Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova bilan Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ygani aks etgan.

Imon Karimova 1999 yili tug‘ilgan, Gulnora Karimovaning yana bir farzandi, 1992 yili dunyoga kelgan Islom ayni vaqtda xorijda. Qayd etish kerakki, Imon Karimova ilk marta O‘zbekistondagi rasmiy marosimda ko‘rinish berdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birinchi Prezident Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ham qatnashdi.

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillyayeva

Haykalning ochilish marosimida Tatyana Karimova so‘zga chiqib, nutq so‘zladi.

Mavzuga oid