«Kuchaytirilgan» BMW i3 40 yillik masl-kar bilan kuch sinashdi
Germaniyaning dunyoga mashhur BMW avtomobilsozlik kompaniyasi «kuchaytirilgan» i3s elektrokarining promo-roligini namoyish etdi. Videoda xetchbek 1970 yillarda ishlab chiqilgan Dodge Charger bilan svetofor poygasiga kirishgani aks etgan.
«S» modifikatsiyasi avgust oyi oxirida namoyish etilgan edi. Xetchbekka 184 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan, orqa g‘ildiraklari oralig‘i kengaytirilgan, yo‘l bilan kuzov pasti oralig‘i 10 mmga pasaytirilgan, qattiqroq podveska, 20 dyuymli disk va shinalarga ega. Ularning kengligi odatdagi BMW i3 shinasidan 20 mmga enliroq.
«Kuchaytirilgan» i3 tezligini noldan «yuz»gacha 6,9 soniyada erishadi. Ammo promo-rolikda xetchbek soatiga 60 km tezlikka 3,7 soniyada erishgani aytiladi. Elektrokar eng yuqori tezligi 160 km/soatni tashkil etadi.
BMW i3s bir marta quvvatlangach, 200 km masofani ortda qoldiradi. 647 m3 hajmli benzinli motordan faqat generator sifatida foydalaniladi. Shu bilan u 330 kmgacha yura oladi.