Jamiyat | 19:02 / 02.09.2017
10406
2 daqiqa o‘qiladi

Hogvartsga ​virtual sayohat uyushtirish imkoniyati​ paydo bo‘ldi

Foto: Pottermore

Bugun O‘zbekistonda yangi o‘quv mavsumi boshlandi va dunyoning ko‘plab ta'lim tizimida ham sentabr mavsum boshi hisoblanadi. Bundan tashqari, 1 sentabr sanasi Garri Potter sarguzashtlarini maroq bilan o‘qigan, fil​mlarda tomosha qilgan muxlislar uchun qadrli sana. Aynan shu kuni u ilk bor Hogvartsga tashrif buyuradi. Shu munosabat bilan Pottermore sayti afsungarlar bilim yurtiga virtual sayohat uyushtirish imkoniyatini yaratdi.

The Hogwarts Experience virtual sayohatiga otlanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi. Foydalanuvchilar Hogvarts bilan bir qatorda taqiqlangan o‘rmon va Hagrid kulbasiga tashrif buyuradi. Shuningdek, xohlovchilar kvidich o‘yinlari o‘tkaziladigan maydon bilan tanishib chiqishi mumkin.

«Biz Potterni sevguvchilar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqdamiz. Virtual sayohat davomida foydalanuvchi Hogvartsning har bir burchagi bilan yaqindan tanishib chiqishi, xohlagan payti qayta tashrif buyurishi mumkin», deydi Pottermore Global Digital bosh direktori Genriyetta Styuart-Rekling.

Sayohat chog‘ida kitobda ta'kidlangan 100ta manzilga tashrif buyuriladi.

Garri Potter sarguzashtlarining yaratuvchisi, yozuvchi Joan Rouling, Forbes reytingi bo‘ycha, 2017 yilning eng ko‘p gonorar oladigan yozuvchisi sifatida qayd etilgan. Jurnal jamoasi uning daromadlarini 95 million AQSh dollariga teng, deb hisoblaydi.

Mavzuga oid